Bugun 13 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

Samarqand shahridagi ko‘p qavatli uylarda 1,9 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

A A A
Samarqand shahridagi ko‘p qavatli uylarda 1,9 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

O‘zenergoinspeksiya Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi, viloyat prokuraturasi va gaz ta’minoti korxonasi hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirida Samarqand shahrida “S. C. L.” MCHJga qarashli ko‘p qavatli uy binosi loyiha hujjatlari rasmiylashtirmasdan tarmoqqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra gaz ta’minoti korxonasiga 1 milliard 992 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 19:39 17.11.2025. O'qildi: 1050 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!