"O‘zenergoinspeksiya" Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Samarqand shahrida yakka tartibdagi tadbirkor M. N. ga qarashli reklama qurilmasi o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida, elektr ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 788,4 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.