Joriy yilning 1 oktyabr kuni soat 23:45 da Samarqand shahar Lolazor ko‘chasida joylashgan Samarqand Davlat Arxitektura-qurilish instituti hududida yangidan qurilayotgan (qurilishi tugallanmagan) faollar zalida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida viloyat FVB ga xabar berilgan.
Shunga ko‘ra, 6 ta yong‘in qutqaruv ekipajlari jalb qilinib, voqea joyiga soat 23:54 da yetib borib, soat 00:30 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.
Yong‘in natijasida eski qurilish maxsulotlari yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Hozirda tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilib, yong‘inning kelib chiqish sababi anqlanmoqda.
Avvalroq Toshkent Davlat Agrar universitetida ham yong‘in yuzaga kelgandi.