Bugun 8 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Samarqad viloyatida noqonuniy aroq ishlab chiqarish sexi aniqlandi

A A A
Samarqad viloyatida noqonuniy aroq ishlab chiqarish sexi aniqlandi

Huquq tartibot idoralarining hamkorlikdagi “Jinoyatchilikka karshi kurashish” tadbiri doirasida, Bulung‘ur shahri, “Guliston” MFYda yashovchi fuqaroning yashash xonadonida noqonuniy ravishda aroq ishlab chiqarish sexini yo‘lga qo‘yganligi aniqlandi, deb xabar bermoida Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati.

Tadbir davomida, xonadonda 330 litr spirt, 163 dona aroq, “StolichniYE” va “Serebrof” nomli etiketkalar, 362 ta aroq qopqoqlari, 60 o‘ram shisha og‘zini yopish uchun mo‘ljallangan sellofanlar borligi aniqlandi va xolislar ishtirokida hujjatlashtirildi.

Aniqlangan holat bo‘yicha IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv tadbirlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 19:00 11.08.2021. O'qildi: 2768 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!