Samarqand viloyatida uka akasini o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Joriy yilning 12 may kuni Samarqand viloyatining Tayloq tumanida yashovchi, N.A. mast holda uyida oilaviy janjal oqibatida mast holda bo‘lgan birga yashagan akasi, SH.I.ni bo‘yin qismiga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan. Natijada SH.I. voqea joyida vafot etgan. N.A qo‘lga olingan.