Salvador dengiz floti Tinch okeanida mamlakat tarixidagi eng katta giyohvand moddalarni tashiyotgan, og‘irligi 6,6 tonna va qiymati 165 million dollar bo‘lgan kemani qo‘lga oldi.
Bu haqda mamlakat prezidenti Nayib Bukele ijtimoiy tarmoq orqali e’lon qildi.
"Bizning dengiz flotimiz Salvador tarixidagi eng katta giyohvand moddalarni musodara qildi. Sohilimizdan 380 dengiz milya (703,7 km) janubi-g‘arbda FMS EAGLE ko‘p maqsadli yordam kemasi qo‘lga olindi, u yashirin bo‘linmalarda og‘irligi 6,6 tonna bo‘lgan 330 ta kokain qopini olib yurgan edi", deb yozgan davlat rahbari.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, musodara qilingan yukning qiymati taxminan 165 million dollarga baholanmoqda. 54 metr uzunlikdagi kema Tanzaniya bayrog‘i ostida suzib yurgan. Giyohvand moddalar ballast baklarida yashiringan edi va ularni topish uchun harbiy g‘avvoslar kerak edi.
Operasiya davomida bortda bo‘lgan o‘n kishi hibsga olindi: to‘rtta kolumbiyalik, uch nafar nikaragualik, ikkita panamalik va bitta ekvadorlik. Bukele shuningdek, giyohvand moddalar savdogarlariga "yangi kema uchun" minnatdorchilik bildirdi.