«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh koronavirusga qarshi qayta test topshirdi va shundan so‘ng futbolchining virus yuqtirib olgani tasdiqlandi, deb xabar beradi Misr futbol assosiasiyasi. Avvalroq birinchi testda ijobiy natija chiqqani haqidagi xabar uyushmaning veb-saytidan olib tashlangandi.
«Ijobiy natija Salohda koronavirus borligini tasdiqladi. Barcha zarur choralar ko‘rilmoqda.
Birinchi test ham ijobiy natija bergandi, ammo Misr futbol assosiasiyasi tashxisni tasdiqlash uchun qayta test olishga qaror qildi.
Misrlik futbolchining kayfiyati yaxshi. Muhammadda kasallikning biror alomati yo‘q. Uning uchun maxsus izolyasiya va tibbiy nazorat xonasi tayyorlandi», – deb yozadi assosiasiya matbuot xizmati.