Misr milliy jamoasining sobiq hujumchisi Mido koronavirus yuqtirib olgan hamyurti Muhammad Salohni tanqid qildi.
Midoning so‘zlariga ko‘ra, «Liverpul» forvardi akasining 800ga yaqin kishi qatnashgan to‘yiga bormasligi kerak edi.
«Balki, meni so‘zlarim uchun tanqid qilishar, ammo aytishim kerak. Saloh Misrning o‘yini arafasida akasining to‘yiga borib katta xatoga yo‘l qo‘ydi. U koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralarga befarq ekanligini ko‘rsatdi. Va endi buning natijasini ko‘rib turibmiz.
Misr milliy jamoasi muhim o‘yin oldidan asosiy o‘yinchisini yo‘qotdi. Saloh jamoadoshlarining sog‘ligiga ham xavf tug‘dirdi. Bunday paytda u akasining to‘yiga bormasligi kerak edi. U yerda 800dan ortiq odam bor edi. Ularning yarmi Saloh bilan uchrashganda, uni o‘pishdi», – deya Midoning so‘zlarini keltiradi Daily Star.