Muhammad Saloh sevimli futbolchilari haqida gapirdi.
«Menga Ronaldo, shuningdek, Zidan va Tottining o‘yinlari yoqardi. Ulardan ilhomlanganman, ular o‘yindan zavq olishardi.
Evropada o‘ynay boshlaganimda, Krishtianuga ham e’tibor qarata boshladim. U o‘zini butunlay futbolga bag‘ishlaydi — uning o‘ziga qanchalik g‘amxo‘rlik qilishi hayratlanarli. Buni uning natijalari ham ko‘rsatadi.
Bolaligimda ko‘rgan bu futbolchilar bilan hech bo‘lmaganda bitta bahsda birga o‘ynashni yoki ular kabi bo‘lishni orzu qilganman. Menda Totti bilan o‘ynash uchun ajoyib imkoniyat bo‘ldi va u bilan «Roma»da ikki yil o‘ynadim. Bu aql bovar qilmaydigan vaqt edi. U ajoyib o‘yinchi edi, texnikasi benuqson edi. Va u — juda yaxshi inson», — dedi «Liverpul» vingeri klubning YouTube kanaliga.