Bugun 21 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

Salkam 1 mlrd so‘mni o‘zlashtirgan MCHJ rahbari aniqlandi

Salkam 1 mlrd so‘mni o‘zlashtirgan MCHJ rahbari aniqlandi

Ko‘kdala tumanida MCHJ rahbari isitish tizimini ta’mirlashda 934,4 mln so‘mni o‘zlashtirgan.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ko‘kdala tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda «S-TH.» MCHJ mas’ul shaxslari va boshqalar o‘zaro til biriktirib, tumandagi ijtimoiy soha ob’ektlarining isitish tizimida bajarilgan qurilish-ta’mirlash ishlarida rasmiy hujjatlarga amalda bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozish orqali jami 934,4 mln so‘m byudjet mablag‘larini hamda ushbu ijtimoiy soha ob’ektlarini isitish uchun olib kelingan 79 tonna ko‘mirni talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 13:42 20.12.2024. O'qildi: 413 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!