Saida Mirziyoyeva Prezident boshchiligida milliy estrada asoschisi, O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov haykalining ochilish marosimida ishtirok etdi.
"Tadbirdan so‘ng Milliy estrada san’ati instituti hamda Kino saroyiga tashrif uyushtirildi. Davlat rahbari vatanimiz tarixi va madaniyatiga muhabbat, buyuk O‘zbekistonimiz, uning an’analaridan faxrlanish tuyg‘ularini uyg‘otadigan filmlarni suratga olish muhim ekanini ta’kidladilar.
Umid qilamanki, yaqin kelajakda aynan shunday filmlar ekran yuzini ko‘radi",
deb yozadi Saida Mirziyoyeva.