Bugun 1 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Saida Mirziyoyeva to‘yda kelinga tarsaki tushirgan kuyovni keskin qoraladi

Saida Mirziyoyeva to‘yda kelinga tarsaki tushirgan kuyovni keskin qoraladi

O‘zbekiston Gender tengligini ta’minlash bo‘yicha komissiyasi a’zosi Saida Mirziyoyeva "to‘yda kelinga tarsaki tushirgan kuyov" videosi yuzasidan o‘z fikrini bildirdi.

U ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib shov-shuvlarga sabab bo‘lgan bu hodisaga jamiyatda turlicha munosabat bildirilayotganiga e’tibor qaratdi.

"Agar bu hodisa sizni va atrofingizdagilarni g‘azablantirgan, hayratga solgan bo‘lsa, demak atrofingizda sog‘lom jamoa bor. Mabodo “ayol erkakka yon bosishi shart”, “o‘zi aybdor, tili uzun bo‘lsa kerak” kabi gaplarni eshitayotgan bo‘lsangiz, mana bu haqiqiy falokatdir", - deb yozdi Mirziyoyeva.

"Biz hammamiz rivojlangan, madaniyatli yurtda, boy va baxtli yashashni xohlaymiz. Demak, har birimiz ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini anglashimiz va shu qarashda qat’iy turishimiz zarur", - deyilgan izohda.

Kiritildi: 13:03 16.06.2022. O'qildi: 4429 marta. Fikrlar soni: 12 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!