Prezident Administrasiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Tatariston Respublikasi Raisi Rustam Minnixanov bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Tatariston hududlari o‘rtasidagi jadal savdo-iqtisodiy hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari muhokama qilindi.
"Xalqlarimizning tarixiy yaqinligi va madaniyatlar mushtarakligiga asoslangan gumanitar aloqalarga alohida e’tibor qaratdik. O‘zbekistonda eng ko‘p sonli tatar diasporasi istiqomat qilmoqda. Tatariston esa Rossiyada ta’lim sohasidagi asosiy hamkorlarimizdan biri hisoblanadi — bu yerda 3,5 mingdan ziyod o‘zbekistonlik yoshlar tahsil olmoqda.
Samimiy qabul va ochiq muloqot uchun minnatdorman. O‘zaro manfaatli hamkorligimiz yanada rivojlanishi va mustahkamlanib borishiga ishonaman", — deydi Saida Mirziyoyeva.