- Uy jonivorlarini parvarish qilish bolalarda ijobiy fazilatlar – mas’uliyat hissi, g‘amxo‘rlik qila olish, hamdard bo‘lish, eng asosiysi, do‘stlashish ko‘nikmalarini tarbiyalaydi!
Farzandlarim kichik do‘stlarimizni parvarish qilishni istaganda men doim qo‘llab-quvvatlab kelganman. Umuman olganda, menga ham ota-onam uy hayvonim bo‘lishiga ruxsat berganlar, natijada butun bolalik davrim kuchukchalar, to‘tiqushlar, og‘maxonlar bilan birga o‘tgan, - deydi Saida Mirziyoyeva qizining ushbu suratini taqdim etarkan.