Bugun 4 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Saida Mirziyoyeva Namangandagi bolalar holidan xabar olish uchun u yerga bordi

A A A
Saida Mirziyoyeva Namangandagi bolalar holidan xabar olish uchun  u yerga bordi

Bugun biz Namangan viloyatiga shaxsan davlatimiz rahbarining topshiriqlari bilan yetib keldik.

Vaziyatni ko‘zimiz bilan ko‘rish uchun shifoxonaga bordik, bolajonlar holidan xabar oldik. Ularning kayfiyati yaxshi, hammalari asta-sekin tuzalishmoqda, ko‘pchiligi sog‘aygani uchun uyiga - oilasi bag‘riga qaytarilgan.

Biz bolalarning ota-onalari bilan ham suhbatlashdik, ularning tashvishiga sherik ekanimizni bildirdik.

Shundan so‘ng bog‘cha tarbiyalanuvchilari bilan sodir bo‘lgan holat yuzasidan sog‘liqni saqlash, SES, ta’lim, prokuratura va boshqa tegishli soha mutasaddilari bilan yig‘ilish o‘tkazib, vaziyatni va tekshiruvning borishini muhokama qildik.

Hozirda o‘rganish ishlari davom etmoqda, jarayon nazoratga olingan, natijasi haqida qo‘shimcha ravishda xabar qilinadi.

Bugungi kunda mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, ish Namangan viloyat prokuraturasidan Bosh prokuraturaga o‘tkazildi.

Kiritildi: 19:08 23.09.2023. O'qildi: 1753 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!