Saida Mirziyoyeva XIX Osiyo o‘yinlariga bag‘ishlangan Hangchjou shahridagi “Rang-barang Osiyo: Osiyo liboslari ko‘rgazmasi”da ishtirok etdi.
“Xitoylik do‘stlarimizga samimiy mehmondo‘stligi va o‘zbek madaniyatiga bo‘lgan qiziqishlari uchun minnatdorlik bildirmoqchiman. Ipakchiligimiz tarixi — umumiy madaniy merosimizning ajralmas qismi bo‘lib, mazkur ko‘rgazma buni namoyish etish uchun ajoyib imkoniyatdir”, — deya yozadi Mirziyoyeva.