Saida Mirziyoyeva Parij Olimpiadasida dzyudo bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritgan hamyurtimiz Diyora Keldiyorovani tabrikladi.
"Bugun o‘zbekistonliklar va shaxsan mening qalbim cheksiz quvonchga to‘ldi — Parij-2024 Olimpiadasida mamlakatimiz ilk oltin medalni qo‘lga kiritdi!
Dzyudochi Diyora Keldiyorova — O‘zbekiston tarixida yozgi Olimpiya o‘yinlarida oltin medal olgan ilk ayol sportchi! Shuningdek, u Olimpiadada dzyudo bo‘yicha ilk oltin medalni olgan sportchimiz sifatida ham tarixga kirdi.
Diyoraning yorqin g‘alabasi bu – faqatgina «oltin medal» emas, balki sport to‘garaklarida tinimsiz shug‘ullanib, ulkan zafarlar haqida orzu qilayotgan ko‘plab qizlar uchun motivasiya hamdir!
Diyora, butun O‘zbekiston Siz bilan faxrlanadi!",
deb yozdi Saida Mirziyoyeva telegramdagi sahifasida.