Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Sahroi Kabirdan ko‘tarilgan «changli tuman» Ispaniyagacha yetib bordi

Sahroi Kabirdan ko‘tarilgan «changli tuman» Ispaniyagacha yetib bordi

Sahroi Kabirdan uchib kelgan chang va qum Ispaniyaning sharqiy qismini qopladi, avvalroq davlat meteorologiya agentligi (Aemet) ushbu tabiiy hodisa ayniqsa Mursiya, Valensiya va Balear orollariga qattiq ta’sir ko‘rsatishi haqida ogohlantirgan edi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

Mursiya osmoni pushti va sariq tusga kirdi, Mursiya va Lorka shahar meriyalari havoning zararlanishi oshgani sababli protokollarni faollashtirdi. Kechqurun kuchli yog‘ingarchilik kutilayotganiga qaramay, dushanba kunigacha zararlanish darajasi pasaymaydi, deb xabar berdi Radio Onda Regional Murcia. Rasmiylar uzoq vaqt tashqarida bo‘lmaslik, ochiq havoda sport bilan shug‘ullanmaslik va avtomobil bilan shahar markaziga bormaslikni maslahat bermoqda.

Lorka hukumati aholiga qishloq xo‘jaligi maqsadlarida olov yoqmaslikni, elektr energiyasi sarfini kamaytirishni, jamoat transportidan foydalanishni, shaxsiy avtomobillarni shahar markazidan chetda qoldirishni, shuningdek, ochiq havoda sport bilan shug‘ullanmaslikni maslahat berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinayotgan suratlarga ko‘ra, «sariq tuman» Balear va Valensiyani qoplab oldi. Shuningdek, meteorologlar chang-to‘zonning Aragon va Kastiliya-La-Manchagacha borishi mumkinligini inkor etmayapti.

Avvalroq Afrikadan ko‘tarilgan «changli tuman» Kanar orollarini qoplagan, bir qator reyslar bekor qilingan edi.

«Kalima» deb nomlanuvchi tabiat hodisasi (qum va changning havoga ko‘tarilishi) Kanar orollarida tez-tez kuzatilib turadi, lekin Ispaniyaning qit’a qismi va Balear orollarigacha yetib kelishi kamdan-kam kuzatiladi.

Kiritildi: 09:29 23.02.2021. O'qildi: 1490 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!