NATO davlatlari Ukrainadagi fuqarolik nishonlari va muhim infratuzilmaga hujumlarni kuchaytirayotgan, alyans a’zolarining havo hududini buzayotgan, kiberhujumlar uyushtirayotgan va ittifoqchi suv osti infratuzilmasini xaritalash uchun josuslik kemalarini joylashtirgan Rossiyadan real va davom etayotgan tahdidlarga duch kelmoqda.
Bu haqda NATO bosh kotibi Mark Ryutte alyans tashqi ishlar vazirlarining Bryusseldagi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha matbuot anjumanida ma’lum qildi.
"Bugun asosiy e’tibor mudofaa sarmoyasiga qaratildi. Yevropa ittifoqchilari va Kanada o‘z sarmoyalarini sezilarli darajada oshirmoqda - bu ijobiy belgi. Lekin biz ko‘proq ish qilishimiz kerak", - dedi u.
Ryuttening so‘zlariga ko‘ra, vazirlar Gaagada har yili yalpi ichki mahsulotning 5 foizini mudofaa sohasiga ajratish majburiyatini bajarishni muhokama qilishgan. Uning qo‘shimcha qilishicha, bu jamoaviy mudofaa uchun muhim aktivlarni, shu jumladan ilg‘or havo mudofaa tizimlarini ishlab chiqish va sotib olish imkonini beradi.
"Biz yana bir bor tasdiqladikki, bu 5 foiz Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni o‘z ichiga oladi, chunki bu o‘z xavfsizligimizga bevosita hissa qo‘shadi", — dedi Bosh kotib.