Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Ro‘za haqidagi 10 savolga 10 javob

Ro‘za haqidagi 10 savolga 10 javob

1.  Savol: Milki qonab, qoni ichkariga ketib qolgan kishining ro‘zasi ochiladimi?
Javob: Agar qon tomog‘idan o‘tib, ichkariga yetsa, ro‘za ochiladi. Tishlari orasidan qon chiqib, xalqumida qolsa, ichkariga o‘tib ketmasa, ro‘za ochilmaydi. Agar xalqumdan ichkariga ketsa, qon miqdori tupukdan ko‘p yoki teng bo‘lsa yoki qonning ta’mi sezilsa, ro‘za ochiladi. Qon tupukdan oz bo‘lsa, ro‘za ochilmaydi.

2.  Savol: G‘usl vojib bo‘lgan kishi burniga suv olganda suv ichkariga ketib qolsa, ro‘za ochiladimi?
Javob: G‘usl burunning yumshog‘igacha suv yetkazish farz, qattaq joyiga suv yetkazish esa sunnat. Ro‘zador ro‘zaligini bilaturib og‘ziga yoki burniga suv olsayu, suv ichkariga ketib qolsa, ro‘zasi ochiladi, qazo lozim bo‘ladi. Agar ro‘zadorligi esida bo‘lmasa, ro‘zasi ochilmaydi. 

3.  Savol: Sigaret, nos chekish bilan ro‘za ochiladimi?
Javob: Sigaret chekish, tamaki va nosga o‘xshash vositalarni iste’mol qilish bilan ro‘za ochiladi.

4.  Savol: Ro‘zador odam tish pastisi bilan tishini tozalasa bo‘ladimi?
Javob: Ro‘zador holatda tish pastasini ishlatish makruh. Lekin tomog‘idan ichkariga o‘tib ketmasa, ro‘za ochilmaydi.
      Biror narsani og‘ziga olib, tatib ko‘rish makruh, lekin bunda ro‘za ochilmaydi (lekin tatib ko‘rgan narsasini yutib yuborsa ro‘za ochiladi).

5.  Savol: Ukol (in’ekSiya) qilish bilan ro‘za bo‘ziladimi?
Javob: Ulamolar mushaklar orasiga, yonboshga ukol qilish bilan ro‘za buzilmasligiga ittifoq qilishgan. Teri orasidan ichkariga yog‘ kabi narsalarning kirishi ro‘zani ochmaydi.
    Odatiy yo‘llardan boshqa joylar orqali terining orasiga narsa kirishi, masalan, ilon chaqib olishi (tomirdan chaqsa ham), sovuq suvda g‘usl qilish natijasida badan orasidan ichkariga suv o‘tishi ro‘zani ochmasligiga barcha ulamolar  ittifoq qilishgan.

6.  Savol: Tish oldirsa  ro‘za ochiladimi?
Javob: Ro‘zaning ochilish-ochilmasligi tomoqdan biror narsa o‘tish-o‘tmasligiga bog‘liq. Tish oldirayotganda tomoqdan biror narsa o‘tib ketmasa, ro‘za ochilmaydi.

7.  Savol: G‘arg‘ara qilish bilan ro‘za ochiladimi?
Javob: Ro‘zador kishining g‘arg‘ara qilishi makruh. Ichkariga suv ketib qolsa, ro‘za ochiladi.

8.  Savol: G‘iybat qilsa, yolg‘on gapirsa ro‘za ochiladi deb o‘ylagan kishi g‘iybat qilib qo‘yib, qasddan taom yesa kafforat lozim bo‘ladimi? 
 Javob: Shunday deb o‘ylab, qastdan yeb-ichib yuborsa, qazo ham, kafforat ham vojib bo‘ladi.

9.  Savol: Qo‘li bilan shahvatini qondirsa, ro‘za ochiladimi?
Javob: Bu ish har holatda ham gunoh hisoblanadi. Qo‘li bilan shahvatini qondirsa, ma’nan yaqinliq holati topilib, suratan topilmagani uchun ro‘za ochiladi va qazo lozim bo‘lib, kafforat vojib bo‘lmaydi. 

10.   Savol: Ro‘zador kishi isiriq, bug‘ va shunga o‘xshash narsalarni hidlasa ro‘za ochiladimi?
Javob: Ro‘zadorligi esiga tushib, qasddan tutun yutsa, isiriq hidini yutsa, dorivor o‘tlarning bo‘g‘ini og‘iz-burni bilan ichiga yutsa, ro‘zasi ochiladi.

"Mo‘minning qalqoni (Mufassal ro‘za kitobi)"

Kiritildi: 01:06 08.04.2021. O'qildi: 7325 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!