Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

“Ro‘yxatda yo‘qsiz”: Klichkoga Merkelni aeroportda kutib olishga imkon berishmadi

“Ro‘yxatda yo‘qsiz”: Klichkoga Merkelni aeroportda kutib olishga imkon berishmadi

Kiyev meri Vitaliy Klichko uni Borispol aeroportiga Germaniya kansleri Angela Merkelni kutib olishga kiritishmaganini ma’lum qildi.
“Borispol aeroprtiga keldim, u yerda, protokolga binoan, poytaxt meri sifatida Germaniya kansleri Angela Merkelni kutib olishi kerak edim. Uning Kiyevga oldingi tashriflaridagi kabi. Biroq su safar meni kiritishmadi. Kuch bilan, albatta, kirmayman”, - deya yozdi u o‘zining Telegram kanalida.
Klichko joylashtirgan videoda mer ro‘yxatda bo‘lmagani sabab aeroportga kiritilmasligi aytiladi.

“Bunaqasi mer faoliyatimdagi birinchisi. Shu bois qiziq: “g‘arbparast” Ukraina Ichki ishlar vaziri zudlik bilan tadbir qoidalarini buzishua qaror qildimi? Buyruq olib, titraganlaridan bunaqa sirk ko‘rsatishdimi?”, - deya g‘azabini yashirmagan Kiyev meri.
Avvalroq ukrain OAVlari prezident Vladimir Zelenskiy tez orada Klichkodan Kiyev meri lavozimidan ketishini iltimos qilishi mumkinligi haqida yozgandi.

https://t.me/vitaliy_klitschko/1052

Kiritildi: 18:05 22.08.2021. O'qildi: 5864 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!