Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Rus tili bo‘yicha sertifikatlarni O‘zbekistonda olish mumkin

Rus tili bo‘yicha sertifikatlarni O‘zbekistonda olish mumkin

Kecha, 24 sentyabr kuni Buxoro shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazida Rossiya Xalqlar do‘stligi universiteti (RXDU)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Andrey Kolesnikov 44 nafar rus tili o‘qituvchilariga sertifikatlar topshirdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Endilikda RXDU metodikasi bo‘yicha maxsus sertifikat egalari RFga ishlash niyatida bo‘lgan mehnat migrantlarni o‘qitish va ulardan rus tili bo‘yicha imtihonlarni qabul qilish huquqini oldilar.
Uchrashuv davomida Vobkent, Jondor, Qorako‘l tumanlari va Buxoro shaxridagi “Ishga marhamat” monomarkazida Rossiya Federasiyasida ishlash istagidagi fuqarolarni rus tiliga o‘rgatish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etishga kelishib olindi.
Buxoro shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi direktori Sadoqat Sidiqova so‘zlariga ko‘ra, rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligi bo‘yicha testni endilikda Buxoro viloyatini tark etmasdan olish mumkin. Mazkur sertifikat Rossiya Federasiyasi migrasiya xizmatlari tomonidan qabul qilinib, qonuniy faoliyat yuritish uchun zarur bo‘lgan patent olishda qo‘l keladi.

Eslatb o‘tamiz, O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda RXDU o‘rtasida o‘rnatilgan hamkorlik doirasida, o‘zbekistonlik rus tili o‘qituvchilari Rossiya universiteti tomonidan ishlab chiqilgan metodikalar va o‘quv dasturlari bo‘yicha qo‘shimcha tayyorgarlikdan o‘tib, sertifikatlar topshirish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan. 22 Sentyabr kuni Samarqandda ham 700 nafar rus tili o‘qituvchilarga ana shunday sertifikatlar topshirilgan edi.

Kiritildi: 20:47 25.09.2021. O'qildi: 6086 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!