Bugun 26 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Rupert Merdok o‘rnini bo‘shatib, o‘g‘liga berdi

A A A
Rupert Merdok o‘rnini bo‘shatib, o‘g‘liga berdi

Rupert Merdok Fox Corporation va News Corporation rahbari lavozimini tark etadi. Media imperiyasini endi uning o‘g‘li Laklan boshqaradi. Bu haqda Kazinform Euronewsga tayanib xabar beradi.

Rupert Merdok o‘zining global media imperiyasining markaziy ustuni bo‘lgan - Fox Corp va News Corp boshqaruvi raisi lavozimini tark etadi.

92 yoshli avstraliyalik magnat bundan buyon uning faxriy raisi bo‘ladi. Xodimlarga yo‘llagan maktubida Merdok ikki korporasiya bilan har kuni muloqot qilishda davom etishini aytdi. U nima uchun ishdan ketishi sababini aytmadi.

Merdok noyabr oyida rasman iste’foga chiqadi. Uning o‘g‘li 52 yoshli Laklan ikkala kompaniyaning yangi raisi bo‘ladi.

Fox and News Corps o‘nlab yillar davomida AQSh va Buyuk Britaniyadagi siyosatga ta’sir ko‘rsatib kelmoqda.

Fox News 1996 yilda ishga tushirilgandan beri televideniya va milliy siyosatga katta ta’sir ko‘rsatdi. Bu Merdokni kim uchundir qahramonga, kim uchundir qochqinga aylantirdi. U olti yil ichida CNN va MSNBC ni ortda qoldirdi.

Fox Newsdan tashqari, Merdok Fox xabar tarqatish tarmog‘iga asos solgan. Bu tarmoq, o‘z navbatida, "Simpsonlar" kabi shoularni yaratdi va katta "uchlik" - ABC, CBS va NBC- bilan raqobatlashdi.

Kiritildi: 09:04 23.09.2023. O'qildi: 1595 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!