Bugun 23 may, 2025 yil, juma

КИР

Ruminiyaning yangi saylangan prezidenti Nikushor Dan ruminiyalik tinchlikparvarlarni Ukrainaga yuborishga qarshi chiqdi

Ruminiyaning yangi saylangan prezidenti Nikushor Dan ruminiyalik tinchlikparvarlarni Ukrainaga yuborishga qarshi chiqdi

Ruminiyaning yangi saylangan prezidenti Nikushor Dan ruminiyalik tinchlikparvarlarni Ukrainaga yuborishga qarshi chiqdi.

"Ruminiya hududida katta operativ yordamni tashkillashtirishni qo‘llab-quvvatlaymiz, ammo Ukrainada tinchlikni ta’minlaydigan qo‘shinlar tarkibida bo‘lishni ma’qullamaymiz. Menimcha, bu Ruminiya va Rossiya o‘rtasida allaqachon mavjud bo‘lgan taranglik sababli unchalik maqbul bo‘lmaydi", — deya fikr bildirdi Dan Politico nashriga bergan intervyusida.

Shu bilan birga, u tez orada Ukrainada tinchlik o‘rnatilishiga shubha bildirdi.

"Yaqin orada tinchlik o‘rnatilishiga unchalik optimistik qaray olmayman, lekin Yevropa davlatlari birgalikda Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etish haqida qaror qilganidan mamnunman. Ukrainaliklarni ular o‘zlari uchun eng maqbul shakldagi tinchlikka erishmaguncha qo‘llab-quvvatlashimiz zarur", — deya ta’kidladi Ruminiyaning yangi prezidenti.

Kiritildi: 18:49 21.05.2025. O'qildi: 662 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!