Bugun 26 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Ruminiyada kichik motorli ikki samolyot havoda to‘qnashdi

A A A
Ruminiyada kichik motorli ikki samolyot havoda to‘qnashdi

Ruminiyaning Suchava uyezdida yengil motorli ikki samolyot havoda to‘qnashib ketdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Hodisa 4 avgust, shanba kuni Freteus Vek shaharchasidagi mashg‘ulot parvozlari vaqtida yuz bergan. Hodisa oqibatida bir uchuvchi halok bo‘lgan.

Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha bosh inspektorat ma’lumotlariga ko‘ra, havodagi to‘qnashuvdan so‘ng har ikkala samolyot uchish-qo‘nish yo‘lagidan tashqariga qulagan.

«Ikkala uchuvchi ham qamalib qolgan. Ulardan biri hushsiz edi, keyinroq u halok bo‘lgan, deb tan olindi. Ikkinchi uchuvchi esa samolyot kabinasidan chiqarib olindi va unga shifokorlar birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatdi», — deyiladi inspektorat axborotida.

Ikkinchi uchuvchi vertolyot yordamida Yassi shahridagi tuman kasalxonasiga olib borilgan va davolashga yotqizilgan.

Manba: daryo.uz

Kiritildi: 00:03 05.08.2018. O'qildi: 1186 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik