Konstitusiyaviy sud Simionning shikoyatini asossiz deb topdi. Qayd etilishicha, sudning mazkur qarori yakuniy hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, prezident etib Buxarest meri Nikushor Dan saylangan edi. Simion saylovlarga Fransiya maxsus xizmatlari aralashganini da’vo qilgan.
Saylovlar arafasida Telegram asoschilaridan biri Pavel Durov Fransiya razvedkasi (DGSE) rahbari undan saylovlar oldidan "Ruminiyadagi konservativ ovozlarni bloklash"ni so‘raganini ma’lum qilgan edi. Biroq Fransiya rasmiylari Durovning ayblovlarini rad etdi.