Bugun 10 may, 2025 yil, shanba

КИР

Ruminiya Konstitusiyaviy sudi Kelin Jorjeskuning prezidentlik saylovlarida ishtirok etishini qat’iy ravishda rad etdi

Ruminiya Konstitusiyaviy sudi Kelin Jorjeskuning prezidentlik saylovlarida ishtirok etishini qat’iy ravishda rad etdi

Digi24 nashrining yozishicha, Konstitusiyaviy sud sudyalari qarorni bir ovozdan ma’qullagan. Jorjesku uni ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etgan Markaziy saylov komissiyasining qarorini Konstitusiyaviy sudda qayta ko‘rib chiqishni so‘ragan edi.

Sud hukmi e’lon qilingandan so‘ng, Jeorjeskuning tarafdorlari uni saylovlarga qo‘yishni talab qilib, norozilik bildira boshladilar.

Kelin Jorjesku 2024 yil noyabr oyida Ruminiya prezidentlik saylovlarining birinchi turida g‘alaba qozongan edi. Shundan so‘ng Ruminiya maxsus xizmatlari Jorjeskuning saylovoldi kampaniyasiga doir maxfiy hujjatlarni oshkor qildi. Ushbu hujjatlarda Ruminiya Rossiyaning “tajovuzkor gibrid harakatlari”ga nishon bo‘lgani qayd etilgan edi.

Kiritildi: 11:50 12.03.2025. O'qildi: 1055 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!