Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Rubl va tenge qadrsizlanishi so‘mning almashuv kursiga nega ta’sir o‘tkazmayapti?

Rubl va tenge qadrsizlanishi so‘mning almashuv kursiga nega ta’sir o‘tkazmayapti?

Rubl va tenge qadrsizlanishi, mehnat resurslari harakatiga cheklovlar joriy etilishiga va buning natijasida chetdan kirib keladigan pul o‘tkazmalarining vaqtincha pasayishiga qaramay, almashuv kursining hozirgi dinamikasi hamda ichki valyuta bozorida keskin tebranishlar kuzatilmadi.

Markaziy bank ushbu holatni quyidagilar bilan izohladi:

Birinchidan, kutilayotgan global iqtisodiy pasayish va pandemiyaga qarshi ko‘rilayotgan choralar iqtisodiy faollikni pasayishiga olib keladi. Bunda import va shunga mos ravishda xorijiy valyutaga bo‘lgan talabning ham pasayishi kuzatilmoqda;

Ikkinchidan, iqtisodiy o‘sishning sekinlashishi va koronavirusning sezilarli ta’siri bo‘lgan sektorlarda kreditlarni qaytarish jadvallarini qayta ko‘rib chiqilishi va muddatlarini uzaytirilishi hisobiga bank kreditlariga bo‘lgan talabning avval prognoz qilingan ko‘rsatkichlarga nisbatan sezilarli darajada kamayishi kutilmoqda;

Uchinchidan, inqirozga qarshi jamg‘armani shakllantirishda asosan tashqi manbalarga urg‘u berilayotganligi valyuta bozoriga qo‘shimcha taklif olib keladi;

To‘rtinchidan, oltin narxining o‘sishi hisobiga Markaziy bankning oltin valyuta zahiralari neytralligi tamoyili asosida amalga oshiriladigan doimiy valyuta intervensiyalari hajmi o‘tgan yildagiga nisbatan o‘rtacha 30 foizga oshishiga imkon yaratadi.

Ayni paytda jismoniy shaxslar tomonidan banklardan sotib olinayotgan valyuta hajmining nisbatan oshishi yuqori devalvasion kutilmalar bilan izohlanib, kelgusida rubl va tenge almashuv kursining barqarorlashuvi va o‘z navbatida, devalvasion kutilmalarning pasayishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi taxmin qilinmoqda.

Kelgusida so‘m almashuv kursi shakllanishi iqtisodiyotning importga bo‘lgan talabi, eksport va pul o‘tkazmalaridan valyuta tushumlariga darajasi bilan bog‘liq. Bugungi kungacha qilingan tahlillar milliy valyuta almashuv kursi dinamikasida ma’lum bir kichik to‘g‘irlanishlar bo‘lishi mumkinligini va so‘mning keskin devalvasiyasi bo‘yicha ehtimollarning yuqori emasligini ko‘rsatmoqda.

Markaziy bank joriy vaziyat va iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda, koronavirus pandemiyasining ichki valyuta bozoriga ta’sirini tegishli ravishda baholab, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash yuzasidan zaruriy choralarni ko‘rib boradi.

Kiritildi: 18:23 25.03.2020. O'qildi: 4441 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!