Chorshanba kuni ertalab Moskva birjasida evro va AQSh dollari faol ravishda mustahkamlanmoqda. Yevro kursi 2022-yil 25-martdan beri birinchi marta 107 rubldan oshdi, dollar kursi 98 rublga etdi, deya xabar bermoqda “Interfaks”.
Savdo ma’lumotlariga ko‘ra, yuan kursi 2022-yil 31-martdan beri birinchi marta 13,5 rubldan oshdi.
Shunday qilib, Moskva vaqti bilan 10:47 holatiga ko‘ra, yevro 1,56 foizga o‘sdi - 107,06 rublgacha.
Moskva vaqti bilan 11:11 ga kelib yevro kursi 106,88 rublni (+0,39%) tashkil etdi, yuan 0,45 foizga oshib, 13,479 rublni tashkil qildi. Shu bilan birga, dollar 0,15 foizga oshib, 97,25 rubl atrofida savdo qilindi.