AQSh Davlat kotibi va Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Marko Rubio Vashingtonning Hormuz bo‘g‘ozidagi operasiyasi mudofaa xarakteriga ega ekanligini ta’kidladi.
Rubio bu bayonotni Oq uydagi brifingda aytdi.
"Bu hujumkor operasiya emas. Bu mudofaa operasiyasi. Uning ma’nosi juda oddiy: bizga o‘q uzilmaguncha biz o‘q uzmaymiz. Biz ularga hujum qilmaymiz. Lekin agar ular bizga hujum qilsalar, kemalarga hujum qilsalar, javob berishlari kerak", dedi Rubio.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hech bir mamlakat xalqaro suvlar ustidan nazorat o‘rnatishga haqli emas.
"Va Eron aynan shunday qilmoqda", deb ta’kidladi AQSh Davlat kotibi.