AQSh prezidentining maxsus vakili Steven Uitkoff Dohada davlat kotibi Marko Rubio bilan Ukraina bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etish uchun 16 may kuni Istanbulga borishini aytdi.
Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, 11-may kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainaga 2022-yilda to‘xtatib qo‘ygan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni hech qanday shartlarsiz qayta boshlashni taklif qilgan edi. Muloqot 15 may kuni Istanbulda boshlanishi taklif qilinmoqda. O‘z navbatida, Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy 15-may kuni Istanbulga borish niyatida ekanligini ma’lum qildi.