Qozonning «Rubin» jamoasi qishki transfer oynasida bir qator o‘zgarishlarni rejalashtirmoqda.
Jamoa 5 futbolchini sotish yoki ijaraga berish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqmoqchi. Ular orasida ikki nafar o‘zbekistonlik o‘yinchisi ham bor, deya xabar bermoqda insayder Karpov.
Tojikistonlik murabbiy Rashid Rahimov mavsumning ikkinchi qismi oldidan jamoa safini kuchaytirmoqchi. Undan oldin esa klub aksariyat o‘yinchilariga xaridor izlamoqda. Ular orasida Rustam Ashurmatov va Umarali Rahmonaliyev ham bor.
O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi sanalmish Ashurmatovga O‘zbekiston va Yaqin Sharq klublaridan qiziqish bo‘lsa-da, aniq taklif mavjud emas.
21 yoshli yarimhimoyachi Umarali Rahmonaliyev ushbu mavsumda RPLda 84 daqiqa o‘ynagan va asosiy tarkibdan joy ololmadi. «Navbahor», «Paxtakor», «Bunyodkor» va «Neftchi» jamoalari unga qiziqmoqda, lekin futbolchi Turkiya yoki Avstraliya klublarini afzal ko‘rmoqda. Turkiyaning «Bodrumspor» va Avstraliyaning «Vestern Sidney Uonderers» jamoalaridan qiziqish mavjud.