Bugun 3 iyun, 2026 yil, chorshanba

КИР

Ruben Diash Krishtianu Ronalduning eng katta orzusini oshkor qildi

Ruben Diash Krishtianu Ronalduning eng katta orzusini oshkor qildi

Portugaliya milliy terma jamoasi himoyachisi Ruben Diash JCH-2026 oldidan jamoaning motivasiyasi haqida gapirib, Krishtianu Ronalduning o‘rni xususida ham fikr bildirdi, deb xabar bermoqda Sports.kz.

Futbolchining ta’kidlashicha, jahon chempionati har qanday o‘yinchi orzu qiladigan eng nufuzli musobaqa hisoblanadi. Portugaliya terma jamoasi uchun esa Ronaldu bilan birgalikda ushbu trofeyni qo‘lga kiritish qo‘shimcha rag‘bat bo‘lib xizmat qilmoqda.

«Jahon chempionati — har bir futbolchi yutishni orzu qiladigan turnir. Bu Krishtianu Ronaldu va Portugaliya futboliga yetishmayotgan sovrin hisoblanadi. Shuning uchun bu biz uchun qo‘shimcha motivasiyadir.

Biz uchun Krishtianu Ronalduning orzusini ro‘yobga chiqarishga yordam berish katta baxt bo‘lar edi. Buni o‘zimiz, butun Portugaliya va oilalarimiz uchun amalga oshirishni istaymiz.

Bu qo‘shimcha bosim emas, aksincha, jahon chempionatida ishtirok etish va u yerga g‘alaba uchun borish istagimizni yanada kuchaytiradi», — dedi Diash.

Eslatib o‘tamiz, Portugaliya terma jamoasi JCH–2026ning K guruhida O‘zbekiston, Kongo DR va Kolumbiya terma jamoalari bilan kuch sinashadi.

41 yoshli Krishtianu Ronaldu uchun bo‘lajak mundial faoliyatidagi oltinchi jahon chempionati bo‘ladi.

Kiritildi: 23:30 02.06.2026. O'qildi: 214 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!