RT telekanali (Russia Today - Rossiya xalqaro axborot telekompaniyasi) harbiy muxbirlar uchun xalqaro mukofotga arizalarni qabul qila boshladi, deyiladi telekanal rasmiy saytida.
RT kanali mojaro zonasidagi eng yaxshi ish uchun jurnalistlarga beriladigan yillik xalqaro mukofot - Khaled Alkhateb International Memorial Awards mukofotlarida ishtirok etish uchun arizalarni qabul qilishni boshladi.
Mukofot 2017 yilning 30 iyulida Suriyada halok bo‘lgan, RT Arabic bilan hamkorlik qilgan jurnalist Xolid al-Xatib xotirasiga bag‘ishlab ta’sis etilgan.
Xolid Al-Xatib xalqaro mukofoti quyidagi nominasiyalarda beriladi:
“Mojarolar hududidan eng yaxshi asar” – qurolli mojarolar va ularning oqibatlari haqidagi materiallar;
"Eng yaxshi ish: gumanitar missiya" - mojaro zonasidagi odamlar, tinch aholi va qochqinlarga yordam berish haqidagi hikoyalar. Shaharlarni tiklash va tinch hayotga qaytish haqidagi asarlar.
Khaled Alkhateb International Memorial Awards 2023 g‘oliblari 200 000 rubl miqdorida pul mukofotiga ega bo‘ladilar.