Rouen Etkinson “Radio Times” nashriga bergan intervyusida nega endi filmlarda Janob Bin rolini ijro etishni istamasligini tushuntirdi.
«Men uni o‘ynashni unchalik ham yoqtirmayman. Mas’uliyat yuki men uchun juda yoqimsiz va og‘ir... Bundan tashqari, charchadim. Shuning uchun bari yakunlanishini kutyapman", deya ta’kidlagan aktyor.
Ma’lumot o‘rnida, u hozirda Bin multfilmining ovozlashtirish ishlarida ishtirok etmoqda.
Ta’kidlanishicha, Janob Binning xalqaro muvaffaqiyati Etkinsonni ajablantirmaydi.
"Voyaga yetgan odamning o‘zini bola kabi tutishini tomosha qilish juda kulgili", dedi aktyor Binning mimika, imo-ishoralar, harakatlar tufayli mashhur bo‘lib ketganini qo‘shimcha qilgan holda.