Rostov viloyatida 14 iyunga o‘tar kechasi 70 ta dron yo‘q qilindi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Vazirlikning xabar berishicha, shuningdek, Qrimda bitta, Volgograd viloyatida ikkita, Voronej va Kursk viloyatlarida oltita, Belgorod viloyatida ikkita dron urib tushirilgan.