Bugun 12 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Rostov viloyati gubernatori: O‘zbekiston muhim strategik hamkor

A A A
Rostov viloyati gubernatori: O‘zbekiston muhim strategik hamkor

O‘zbekiston bosh konsuli Burxon Aliqulov Rossiyaning Rostov viloyati gubernatori Vasiliy Golubev bilan uchrashdi.

“Dunyo” AA xabariga ko‘ra, uchrashuvda mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirish hamda iqtisodiyotning boshqa sohalaridagi o‘zaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilingan.

“O‘zbekiston muhim strategik hamkor. So‘nggi yillarda biz hamkorlikning sur’atini, yaxshi natijasini ko‘rdik va munosabatlarimizni rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar mavjudligini aniq tushunamiz”, - dedi Vasiliy Golubev.

Rostov viloyati qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, mashinasozlik, metallurgiya va ko‘mir sanoati, shuningdek, shamol energiyasi bo‘yicha Rossiyaning eng yirik sub’ektlaridan biri hisoblanadi.

Mintaqada fuqarolik va mudofaa maqsadlariga mo‘ljallangan transport va uskunalar ishlab chiqarish ham ijobiy rivojlanmoqda. Xususan, vertolyotlar, elektrovozlar, qozonxonalar, shamol elektr stansiyalari, boshqa sohalar uchun po‘lat minoralar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.

Kiritildi: 20:11 14.08.2022. O'qildi: 3337 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!