Bugun 25 dekabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Rossiyaning yuk kemasi O‘rta Yer dengizida cho‘kib ketdi

Rossiyaning yuk kemasi O‘rta Yer dengizida cho‘kib ketdi

U Suriyadagi rus harbiylarini ta’minlab kelgan.

El Espanol nashrining xabar berishicha, 23 dekabr, dushanba kuni "Ursa Mayor" kemasining dvigatel bo‘limida portlash sodir bo‘lgan. Kema Ispaniya va Aljir o‘rtasidagi xalqaro dengizda cho‘kib ketgan. Ekipajning 14 nafar a’zosi qutqarilib, Kartaxena portiga yetkazilgan, ikki kishi bedarak yo‘qolgan.

Kema 11 dekabr kuni Sankt-Peterburg portidan chiqib, 22 yanvar kuni Vladivostokka yetib borishi kerak edi.

Mediazona nashrining yozishicha, mazkur kema ko‘p yillar davomida Rossiyaning Suriyadagi harbiy guruhini ta’minlash uchun yuk tashishda foydalanilgan.

Kiritildi: 13:05 24.12.2024. O'qildi: 1056 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!