Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning Xarkov shahri chekkasida fuqarolik infratuzilmasiga hujum qilishdi.
Bu haqda Xarkov maxsus operasiya kuchlari boshlig‘i Oleg Sinegubov ma’lum qildi.
"Dushman pochta terminaliga raketa zarbasi berdi. Afsuski, hujumda 24 yoshli, 45 yoshli va 62 yoshli erkak halok bo‘ldi. Yana 20 kishi turli darajada jarohat oldi. Jabrlanganlarning uch nafari og‘ir ahvolda. Shifokorlar hayotlari uchun kurashmoqda", deb yozdi u "Telegram"da.
Voqea joyiga polisiya, tibbiyot xodimlari va qutqaruvchilar yuborildi. Tozalash operasiyasi davom etmoqda.