Bugun 27 dekabr, 2025 yil, shanba

КИР

Rossiyaning Ukrainaga zarbalari oqibatida kamida 1 kishi halok bo‘ldi, 19 kishi jarohatlandi

Rossiyaning Ukrainaga zarbalari oqibatida kamida 1 kishi halok bo‘ldi, 19 kishi jarohatlandi

Xabar berilishicha, Kiyevning Darnisa tumanida dron urilishi oqibatida 24 qavatli va 18 qavatli turar joy binolarida yong‘in kelib chiqqan. Shu tumanning o‘zida bir nechta xususiy uylarda ham yong‘inlar boshlangan. Olov tarqalishi xavfi sababli qariyalar uyi evakuasiya qilingan. Shuningdek, Ukraina poytaxtining boshqa tumanlarida ham dron hujumlari oqibatida yong‘inlar yuzaga kelgan.

Kiyev meri Vitaliy Klichkoning ma’lum qilishicha, kamida 1 kishi halok bo‘lgan, shuningdek, 19 kishi jarohatlangan, ulardan 11 nafari shifoxonaga yotqizilgan.

UNIAN agentligi ma’lumotiga ko‘ra, Ukraina poytaxtidagi issiq elektr markazlaridan biri hujumga uchragan bo‘lishi mumkin.

Xabarlarga ko‘ra, Rossiya hujumlari oqibatida Kiyevning bir qator tumanlarida elektr, suv ta’minoti va isitish tizimida uzilishlar yuzaga kelgan.

Kiritildi: Bugun 17:55. O'qildi: 239 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!