Shuningdek, 30 dan ortiq kishi jarohat oldi, deb xabar bermoqda Deutsche Welle.
Ukraina rasmiylari ma’lumotlariga ko‘ra, Odessada dron zarbasi oqibatida yangi qurilgan binodagi qo‘riqchi halok bo‘lgan, Xarkovda esa 27 kishi, jumladan, uch nafar bola jarohat olgan. Sumida ikki xususiy uyda yong‘in yuzaga kelgan, yana 20 ga yaqin bino zarar ko‘rgan.
"Sumi viloyatiga uyushtirilgan hujumlar oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, yana ikki kishi jarohat oldi. Dnepropetrovsk viloyatida esa 1500 kv. metr turar-joy binolari yonib ketgan, uch kishi jarohat olgan", deya xabar berdi Ukraina Favqulodda vaziyatlar davlat xizmati.