Bugun 9 noyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli hujumidan so‘ng “Sentrenergo” kompaniyasining barcha IESlari faoliyati to‘xtadi

Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli hujumidan so‘ng “Sentrenergo” kompaniyasining barcha IESlari faoliyati to‘xtadi

Bu haqda DW xabar bermoqda.

“Sentrenergo” energetika kompaniyasining ma’lum qilishicha, Rossiya 8 noyabrga o‘tar kechasi issiqlik elektr stansiyalariga bergan zarbalar 2022 yilda boshlangan urush davridagi eng yirigi bo‘lgan.

"Juda ko‘p miqdordagi raketalar va sanog‘iga yetib bo‘lmas dronlar har daqiqada bir necha marta biz 2024 yildagi vayronkor hujumdan keyin tiklagan o‘sha stansiyalarni nishonga oldi", deyiladi kompaniya bayonotida.

“Sentrenergo” kompaniyasiga uchta issiqlik elektr stansiyasi tegishli: Kiyev viloyatidagi Tripol IES, Xarkov viloyatidagi Zmiyev IES va 2022 yilning yozida Rossiya armiyasi tomonidan bosib olingan Donesk viloyatidagi Uglegorsk IES.

Kiritildi: 21:50 08.11.2025. O'qildi: 1370 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!