Bu haqda Reuters xabar berdi.
Payshanbaga o‘tar kechasi Rossiya Kiyev va boshqa yirik shaharlarga raketa va dronlar bilan zarba berdi. Hujumlar oqibatida jami 13 kishi halok bo‘lgan, ularning orasida 12 yoshli bola ham bor. Eng ko‘p qurbonlar Odessada (7 kishi) va Kiyevda (5 kishi) qayd etildi, Dnepr shahrida esa ikki kishi hayotdan ko‘z yumdi.
Kiyev meri Vitaliy Klichkoning ma’lum qilishicha, poytaxtda 45 kishi jarohatlangan, ko‘p qavatli uylar va infratuzilma ob’ektlariga jiddiy zarar yetgan. Dnepr va Odessada ham turar-joy binolari yonib ketgan va o‘nlab fuqarolar yaralangan. Xarkovda esa dron hujumlari natijasida ikki kishi tan jarohati olgani xabar qilindi.