Bugun 5 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Rossiyaning tungi hujumi oqibatida Kiyevda 20 ga yaqin kishi jarohatlandi

Rossiyaning tungi hujumi oqibatida Kiyevda 20 ga yaqin kishi jarohatlandi

Rossiya bo‘linmalarining Ukraina poytaxti Kiyevga tunda uyushtirgan hujumi oqibatida kamida 19 kishi yaralandi.

Bu haqda shahar meri Vitaliy Klichko o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, jabrlanganlarning besh nafariga ambulator yordam ko‘rsatilmoqda.

"Dushmanning Kiyevga tungi hujumi natijasida poytaxtning 19 nafar fuqarosi yaralandi. Besh kishiga ambulator yordam ko‘rsatilmoqda, 14 nafari kasalxonaga yotqizildi", deb yozadi Klichko.

Hujum natijasida temir yo‘l infratuzilmasi ham zarar ko‘rgan, ayrim hududlarda qulagan raketa qoldiqlari yong‘inga sabab bo‘lgan.

Kiritildi: 10:15 04.07.2025. O'qildi: 600 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!