Moskva 2015 yilda Asad rejimini qo‘llab-quvvatlash uchun aralashdi.
2024 yil dekabr oyida hokimiyatdan chetlashtirilganidan so‘ng, Asad va uning oilasi Moskvaga qochib ketdi.
Rossiya O‘rta yer dengizi sohiliga yaqin joylashgan Tartus shahridagi harbiy-dengiz bazasi va Hmeimimdagi havo bazasini saqlab qolishga intilmoqda.
Asad hokimiyatdan ag‘darilganidan ko‘p o‘tmay, tahlilchilar Rossiya o‘zining Suriyadagi bazalaridan harbiy texnikani olib chiqib, Liviyaga ko‘chirgani haqida ma’lumot berishdi.