Ukrainaning Sumi shahriga Rossiyaning boshqariladigan havo bombalari tomonidan berilgan zarba oqibatida kamida to‘rt kishi halok bo‘ldi.
Bu haqda Sumi mintaqaviy harbiy ma’muriyati boshlig‘i Oleg Grigorov ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yana yetti kishi jarohat olgan va kasalxonalarga yotqizilgan, ular zarur tibbiy yordam olmoqda.
Grigorov qutqaruv operasiyasi davom etayotganini va hujum oqibatlari haqidagi ma’lumotlar aniqlanayotganini ta’kidladi.