Bugun 17 may, 2025 yil, shanba

КИР

Rossiyaning qo‘shnilari rus tilidan voz kechyaptimi?

A A A
 Rossiyaning qo‘shnilari rus tilidan voz kechyaptimi?

Ukrainadagi urush Markaziy Osiyoda lingvistik siljishni kuchaytirdi, yoshlar o‘z ona tillarida muloqot qilishni tanlab, rus tilidan voz kechdi , deb yozadi Foreign Policy. Qozog‘iston va O‘zbekiston lotin alifbosiga o‘tdi, Qirg‘izistonda esa qirg‘iz tilini himoya qilish bo‘yicha qonunlar qabul qilindi.

Nashrning qayd etishicha, bu tendensiya ayniqsa, qirg‘iz tilining ta’siri nafaqat kundalik muloqotda, balki madaniyat va siyosatda ham kuchayib borayotgan Bishkekda seziladi.

Urush boshlanganidan keyin Qirg‘iziston Rossiyadan migrasiya uchun asosiy yo‘nalishlardan biriga aylandi. Birgina 2022 yilda mamlakatda 270 mingdan ortiq Rossiya fuqarolari ro‘yxatga olingan. Ushbu oqim rus tilining jamiyatdagi o‘rni va milliy o‘zlikni himoya qilish zarurati haqida ichki munozaralarni keltirib chiqardi. Jamiyatda rus tilini millatlararo muloqot tili sifatida saqlab qolish madaniy suverenitetga tahdid solishi mumkinligi haqidagi fikrlar tobora ko‘proq aytilmoqda.

2023-yilda prezident Sadir Japarov barcha mansabdor shaxslar rasmiy faoliyatda qirg‘iz tilidan foydalanishni talab qiluvchi qonunni imzoladi. Bu qaror Moskvada salbiy munosabat uyg‘otdi, ammo mamlakat ichida tarixiy adolatni tiklash yo‘lidagi qadam sifatida qabul qilindi.

Qirg‘iz tili asta-sekin kasbiy o‘sish tili va milliy o‘zlikni anglatuvchi timsolga aylanib bormoqda. Tilimpoz kabi onlayn platformalar qirg‘iz tilini o‘rganish uchun resurslar taklif etadi va til kurslariga qiziqish tez sur’atlar bilan oshib bormoqda. Qirg‘iz tilini o‘rgatishga ixtisoslashgan “Lingua Yurt” maktabiga nafaqat mahalliy aholi, balki Qirg‘izistonda ishlayotgan xorijliklar tomonidan ham talab ortgan.

Rossiya imperiyasi davridan beri rus tili madaniy birlashish va assimilyasiya qilishning asosiy vositasi rolini o‘ynadi. Sovet davrida ruslashtirish siyosati nafaqat to‘xtab qolmadi, balki aksincha, yanada keng ko‘lamga ega bo‘ldi. Xalqlar ayniqsa 1920-yillarda Iosif Stalin davrida faol ravishda ruslashtirildi.

O‘sha paytda Moskva respublikalardagi har qanday etnik va til xilma-xilligini ataylab bo‘g‘ib, rus tili markaziy o‘rinni egallagan umumiy sovet o‘ziga xosligini joriy qildi.

Biroq, Rossiya-Ukraina urushi Rossiya Federasiyasining o‘zida Rossiyaning ko‘plab qo‘shnilari va xalqlarini rus tilining ahamiyatini qayta ko‘rib chiqishga majbur qildi. Sobiq Ittifoqning ko‘plab davlatlarida, jumladan, Ukraina va Boltiqbo‘yi davlatlarida milliy tillarning tiklanishiga keskin siljishlar kuzatildi. “Markaziy Osiyoda bu jarayon sekinroq kechdi, biroq hozir jadallik kasb etmoqda”, deb ta’kidlaydi Foreign Policy.

Kiritildi: 13:32 11.04.2025. O'qildi: 1273 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!