Bugun 13 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

Rossiyaning Odessa viloyatiga tungi hujum paytida suyultirilgan tabiiy gaz tashiyotgan Turkiya kemasi shikastlandi

A A A
Rossiyaning Odessa viloyatiga tungi hujum paytida suyultirilgan tabiiy gaz tashiyotgan Turkiya kemasi shikastlandi

Bu haqda Euronews xabar bermoqda.

"Hujum oqibatida ORINDA kemasida yong‘in sodir bo‘lganidan so‘ng, Ruminiya rasmiylari Ukraina bilan chegarada joylashgan qishloq aholisini evakuasiya qildi", deb xabar berdi Ruminiya Favqulodda vaziyatlar bosh inspeksiyasi.

"Kemaning Ruminiya hududiga yaqinligini hisobga olgan holda, rasmiylar Plauru qishlog‘i aholisini evakuasiya qilishga qaror qilishdi. Odamlar qo‘shni shaharga ko‘chirildi", deyiladi inspeksiya bayonotida.

Plauru Ukrainaning Dunaydagi eng yirik porti bo‘lgan Izmailning qarama-qarshi tomonida joylashgan.

Turkiya Mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, zarbaga uchragan ORINDA kemasining o‘n olti nafar ekipaj a’zosi evakuasiya qilingan, hech kim jarohatlanmagan.

Kiritildi: 21:30 17.11.2025. O'qildi: 1598 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!