Bugun 24 noyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Rossiyaning neft va gaz eksportidan tushumlari qisqarishi mumkin

Rossiyaning neft va gaz eksportidan tushumlari qisqarishi mumkin

Reuters: Rossiyaning neft va gaz eksportidan tushumlari noyabr oyida 35 foizga qisqarishi mumkin.

Agentlikning yozishicha, neft-gaz sotishdan tushadigan daromadlar Kreml uchun asosiy moliya manbai hisoblanadi va byudjet daromadlarining chorak qismini tashkil qiladi. Reuters hisob-kitoblariga ko‘ra, 2025 yil noyabr oyida bu daromadlar 520 mlrd rublga (6,7 mlrd dollar) — o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan 35% ga kamayishi mumkin.

Rossiya Moliya vazirligi avval 2025 yilda neft va gaz sotishdan 10,94 trln rubl (142,2 mlrd dollar) daromad olishni rejalashtirgan, ammo neft narxining tushib ketishi sabab prognozni 8,65 trln rublga (112,5 mlrd dollar) tushirgan.

Nashr hisob-kitoblariga ko‘ra, rus neftining o‘rtacha narxi yanvardan noyabrgacha barrel uchun 57,30 dollargacha pasaygan, o‘tgan yilda esa bu ko‘rsatkich 68,30 dollar bo‘lgan.

2024 yilda Rossiyaning neft va gaz eksportidan tushgan daromadlari 11,13 trln rublni (144,7 mlrd dollar) tashkil etgan.

Kiritildi: Bugun 18:10. O'qildi: 326 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!