Bugun 15 yanvar, 2025 yil, chorshanba

КИР

Rossiyaning Kursk viloyatida Ukraina Qurolli Kuchlarining 10 mingga yaqin askari bo‘lishi mumkin — Forbes

Rossiyaning Kursk viloyatida Ukraina Qurolli Kuchlarining 10 mingga yaqin askari bo‘lishi mumkin — Forbes

Amerika nashrining yozishicha, Ukraina Qurolli Kuchlarining 22 va 88-mexanizasiyalashgan brigadalari va 80-havo hujumi brigadasi Kursk viloyatidagi janglarda qatnashmoqda.

Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, chegara zonasi bo‘ylab Rossiya qo‘shinlarining shimoliy guruhida 48 mingga yaqin askar bor, ammo ularning aksariyati Ukrainaning Volchansk shahrida bo‘lib, Kurskdagi jang hududidan taxminan 150 km uzoqlikda joylashgan.

Nashrning qayd etishicha, operasiya natijasi rossiyalik qo‘shinlarning Kurskka ko‘chirilishi tezligi va Ukraina Qurolli kuchlari jangchilarining katta yo‘qotishlar xavfi ostida qolib ketmasligiga bog‘liq. Rossiya Federasiyasida Kursk viloyatidagi vaziyat federal favqulodda holat sifatida tan olingan.

Kiritildi: 22:50 10.08.2024. O'qildi: 1503 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!